Qo‘rg‘ontepadagi qabristondan noyob ashyolar topildi

Jamiyat

image

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda Madaniy meros departamenti Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanining Sultonobod qishlog‘ida joylashgan “Sultonobod” qabristoniga ilmiy arxeologik ekspeditsiya uyushtirildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar bermoqda. 

"Natijada bir qancha qabrdan nafis ishlangan ko‘za va kosa kabi sopoldan yasalgan buyumlar topildi",deydi Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi rahbari Ixtiyorjon Rasulov. Tarix fanlari doktori, arxeolog Boqijon Matboboyev hamda tarix fanlari nomzodi, arxeolog Baxtiyor Abdullayevlarning ta’kidlashicha, ashyolarning ayrimlari Sho‘rabashot madaniyati (miloddan avvalgi IV-I asrlar)ga taalluqlidir.

Qo‘lga kiritilgan ashyolar viloyat muzeyiga olib kelindi. 40 dan ortiq noyob buyumlar orqali ularning qaysi davrga mansubliligi o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon qabristondan noyob buyumlar

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing