Qurbon hayiti kuni ayrim ko‘chalar vaqtincha berkitiladi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan masjidlar atrofidagi ko‘chalar ma’lum vaqtga barcha turdagi transport vositalari uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari!

Sizni xalqimizning shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz.

Shuningdek ma’lum qilamizki, Qurbon hayiti munosabati bilan 10 avgust kuni soat 24:00 dan 11 avgust kuni soat 8:00 gacha masjidlar atrofidagi yo‘llar 1 kilometr masofa doirasida transport vositalarining harakati uchun berkitiladi. Sizlardan avtomobillarni tegishli joylarda qoldirishni va o‘zgalar uchun noquyliklar tug‘dirmaslikni so‘raymiz. Imkon qadar shahar jamoat transporti xizmatlaridan foydalaning”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda Qurbon haytini nishonlash to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Qaror bilan 11 avgust kuni Qurbon haytining birinchi kuni dam olish kuni deb, e’lon qilindi.

Qurbon hayitida odamlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish uchun jamoat transportlarining ish vaqtida ham o‘zgarishlar bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing