Qurbon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda Qurbon hayiti joriy yilning 28 iyun kuni nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tashkilotning oyni kuzatish bo‘yicha ishchi guruhining ilmiy izlanishlari, astronomiya markazlari va fatvo hay’atlaridan olgan ma’lumotlariga ko‘ra, hijriy 1444 yil Zulhijja oyining yangi oy fazasi (hiloli) milodiy 2023 yil 18 iyun kuni quyosh botgandan so‘ng sodir bo‘lgan.

Ma’lumki, hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini ta’limotlari va mazkur ma’lumotlarga asoslangan holda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023 yil 28 iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing