Qurbon hayiti arafasida Toshkent avtovokzalidan qo‘shimcha reyslar qo‘yildi
Jamiyat
−
24 may 2231 1 daqiqa
Qurbon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilar oqimi keskin oshgani sabab Toshkent avtovokzalidan qo‘shimcha avtobus reyslari tashkil etildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkentdan Sirdaryo orqali voha viloyatlariga qatnovchi avtobus yo‘nalishlari soni bayram munosabati bilan kengaytirilgan. Hozirda doimiy 65 ta avtobus yo‘nalishiga qo‘shimcha ravishda yana 55 ta reys yo‘lga qo‘yilgan.
Mas’ullar fuqarolar uyidan chiqmagan holda telefon orqali yoki maxsus platformalar orqali chipta mavjudligini aniqlashi hamda onlayn xarid qilishi mumkinligini bildirgan. Yo‘lovchilar soniga qarab qo‘shimcha reyslar sonini yana oshirish mumkin.
Shuningdek, bayram kunlarida xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida YPX xodimlarining kuchaytirilgan tartibdagi xizmati tashkil etilishi aytilgan.
Haydovchilar bilan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda yo‘l kira narxlarini sun’iy oshirmaslik, qatnov oldidan yetarli dam olish hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlangan.
Live
Barchasi