Qur’onni yoqib yuborgan islomofob Shvetsiyadan deport qilinadi

Olam

image

Shvetsiyada Qur’onni bir necha bor yoqib yuborgan iroqlik Salvan Momika mamlakatdagi  etnik guruhlarga qarshi gijgijlash aybi bilan tergov qilinmoqda va u Shvetsiyadan deport qilinadi. Bu haqda islomofobning o‘zi 27 mart, chorshanba kuni mahalliy "Expressen" gazetasiga qilgan murojaatida ma’lum qildi.

Momikaning Qur’onni provokatsion tarzda yoqib yuborishi aks etgan videolar butun dunyo bo‘ylab ommalashib ketgan. Bir qancha musulmon mamlakatlarida g‘azab va tanqidlarga sabab bo‘lgan. Oqibatda ko‘p joylarda tartibsizliklar va namoyishlar boshlanib ketgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning oktyabr oyida Shvetsiya migratsiya idoralari Momikaning yashash uchun ruxsatnomasini bekor qilib, uni Iroqqa deportatsiya qilmoqchi bo‘lgan edi. Shunga qaramay, vatanida uning hayoti xavf ostida qolishi mumkinligi hisobga olinib, Momikaning deportatsiyasi kechiktirildi. Shvetsiya provokatorga mamlakatni tark etishi va boshqa bu yerga qaytmasligi uchun vaqt bergan.

Stokgolm rasmiylarining deportatsiya qilish haqidagi buyrug‘i ortidan 37 yoshli Momika qo‘shni Norvegiyadan boshpana so‘rashini ma’lum qildi va endi Shvetsiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

"Shvetsiya faqat bechora terrorchilarni qabul qiladi, faylasuflar va mutafakkirlar esa chiqarib yuboriladi. Men meni kutib oladigan va hurmat qiladigan mamlakatga ko‘chib o‘taman. Shvetsiya esa mening qadrimga yetmadi", deya shama qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 28 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm markazidagi Medbor’yarplatsen maydonida muqaddas Qur’oni Karimning Salvan Momika tomonidan yoqib yuborilishi ortidan AQSH, Yevropa Ittifoqi, Rim papasi, Shavkat Mirziyoyev va yana qator rasmiylar bu holatni keskin qoralab chiqqan edi. Iroq hukumati Shvetsiya hukumatidan Qur’onni ommaviy ravishda yoqib yuborgan iroqlik muhojirni ekstraditsiya qilishni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qur'on deport islomofob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing