Qo‘lidan kelsa, kamarlarini qaytarib olsin – Fyuri Joshua haqida
Sport
−
12 yanvar 2022
3252Professional boksning super og‘ir vazn toifasida jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri hamyurti Entoni Joshuaning ukrainalik Aleksandr Usik bilan jangdagi mag‘lubiyati haqida gapirdi.
“Entoni barcha og‘ir vazndagi kamarlarni qaytarib olishiga ishonmayman. Ayniqsa mening qattiq mehnatlarimdan keyin. U – shunchaki foydasiz ahmoq. “Ey-jey” kichkina steroid odamga yarim og‘ir vazndan ko‘tarilib, uni mag‘lub etishiga yo‘l qo‘yib berdi. Qo‘lidan kelsa, barcha kamarlarini qaytarib olsin. Ularni Britaniyaga qaytarish uchun esa men kabi haqiqiy ingliz Lankaster bombardimonchisi kerak bo‘ladi”, deydi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, Usik va Joshua o‘rtasidagi jang 2021 yilning sentyabrida bo‘lib o‘tgan. To‘liq 12 raund davom etgan bahs barcha hakamlar g‘alabani ukrainalik bokschiga taqdim etgan.
LiveBarchasi