Qo‘qondan yangi xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan qo‘shni Tojikiston Respublikasining Shaydon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni MN-28-sonli “Qo‘qon-Shaydon” yo‘nalishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shaydon shahri va Farg‘ona viloyati hokimiyati mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur avtobus qatnovi yo‘nalish masofasi 84,5 km. bo‘lib, Shaydon shahri tomonidan “RAXSH-R.M” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli mikroavtobuslar hamda Qo‘qon shahridan “Mansur Mirzohid” MCHJga qarashli ISUZU avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘lkira narxi 23 000 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus qatnovi Qo'qon

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing