Qo‘qonda o‘gay qizi bilan “yurgan” yigitdan pul talab qilgan ota qamaldi
3-sahifa
−
24 yanvar
4239Farg‘ona viloyatida o‘gay qizi bilan nikohsiz munosabatda bo‘lgan yigitdan pul talab qilgan ota qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi erkak turmush o‘rtog‘i va qizi bilan jinoiy til biriktirgan. Erkak avvaliga o‘gay qizi namanganlik yigit bilan ishqiy munosabatda ekanligidan xabar topgan. Ota-ona va qiz vaziyatdan foydalanib, yigitdan pul undirishni reja qilgan. Ota telefon orqali yigitga qo‘ng‘iroq qilib, qizi bilan jinsiy aloqada bo‘lgani, shu sababdan unga uylanishga majbur ekani, aks holda uyiga borib, oilasini buzishini, hatto ish joyiga borib hamkasblari oldida sharmanda qilishini yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilib, qamatib yuborishini aytib qo‘rqitgan. Bu harakatlarni sodir etmaslik evaziga esa yigitdan 500 AQSH dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘gay ota va qiz 3,6 million so‘m olayotgan paytda qo‘lga olingan. Sud otani Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bo‘yicha aybdor deb topdi va uch yil ozodlikdan mahrum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ozarbayjonliklardan pul talab qilib kelgan jinoiy guruh ushlangandi.
LiveBarchasi