Qo‘qonda uch kishi is gazi qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2019
3974Kecha, 28 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 3 kishidan iborat oila is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu hodisa Qo‘qon shahri Turkiston ko‘chasidagi ko‘p qavatli uydagi kvartirada yuz berdi. Zaharlanishga issiqlik qozoni va dudburondagi nosozlik sabab bo‘lgan. Aniqlanishicha, dudburon issiqlik qozonidan uzilib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Xorazmda is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi