O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurdi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
4443O‘zbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining kelishuviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi delegatsiya XXRga tashrif buyurdi.
Tashrif asnosida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan va boshqa rasmiy kishilar, shuningdek, ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuv va bitimlar ijrosi muhokama qilindi. Ikki davlat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan uchrashuvlari va siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ko‘p tomonlama strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston – Xitoy xukumatlararo qo‘mitasining hamkorlik bo‘yicha beshinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, innovatsiyalar, texnologiyalar, shuningdek, transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalari yuzasidan istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi enchjen shahriga ham tashrif buyurdi. Bu yerda yirik kompaniyalar faoliyati bilan tanishildi va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra ikki tomonlama bitimlar imzolandi.
LiveBarchasi