Qo‘qonda psixotrop dori sotayotgan er-xotin qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
11 mart
6020Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida 5.000 AQSH dollari evaziga “Tropikamid” dori vositasini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Viloyat hamda shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Qo‘qon shahri yaqinidagi “Qo‘qon-Andijon” yo‘lida fuqaro U.M hamda uning turmush o‘rtog‘i Sh.M.lar xaridorga 5.000 AQSH dollari evaziga 238 dona flakonda “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalarini sotgan vaqtida qo‘lga olinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand shahrida yarim kilogrammga yaqin giyohvandlik moddasini 80 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs ushlangandi.
LiveBarchasi