Qo‘qonda ichida 20 kishi bo‘lgan avtobus ag‘darildi
Jamiyat
−
27 dekabr 2019
7809Qo‘qon shahrida salonida 20 kishi bo‘lgan avtobus yuk avtomobili bilan to‘qnashib, ag‘darildi. Natijada 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 27 dekabr kuni soat taxminan 8:30 da Qo‘qon shahridagi Movarounnaxr va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida ISUZU rusumli avtobus Gaz 52 rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan va natijada avtobus yonboshiga ag‘darilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra avtobus ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 10 nafari tibbiy yordam olish uchun murojaat qilgan, qurbonlar yo‘q.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi