Qo‘qonda fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, video olgan bloger qamaldi
3-sahifa
−
30 iyun
10839Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida erkak fuqarolarga to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro shahardagi klublarning birini reklama qilish maqsadida soxta to‘pponcha bilan fuqarolarga o‘qtalgan va buni videoga olgan. Video ijtimoiy tarmoqlardagi bir nechta sahifalarga joylangach, ko‘plab muhokamaga sabab bo‘lgan.
“Qo‘qon shahar Ichki ishlar xodimlari meni chaqirdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qing‘ir ishlar bajarmayman, uzr so‘rayman”, degan u.
Surishtiruvlar davomida ushbu shaxs tomonidan oldin ham bir nechta huquqbuzarliklar sodir etilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Qo‘qon shahar sudiga yuborilgan. Sud esa mazkur moddalarga asosan unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda piar uchun janjal uyushtirgan bloger 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi