Qo‘qonda foxishaxona saqlagan ayol ushlandi
Jamiyat
−
07 aprel 2020
52014Qo‘qon shahrida ikki kishiga jinsiy aloqa uchun sharoit qilib bergan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 4 aprel kuni Qo‘qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida T.Sh.ismli ayol yashash xonadonida K.A. va M.D.ga jinsiy aloqa qilishlari uchun 70 000 so‘m pul evaziga sharoit yaratib bergan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.