Qo‘qonda fohishaxona fosh qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Z.M. ismli ayol xonadonida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Z.M. ismli ayol yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilib, T.Sh. va T.N.ni jinsiy aloqa qilishi uchun 300 000 so‘m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.M.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov xarakatlari davom ettirilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishaxona Qo'qon

Baholaganlar

2869

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing