Qo‘qonda firibgar ayol o‘z tanishini 13 000 dollarga chuv tushirdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida A.I. ismli ayol tadbirkorlik niqobi ostida sherigining 13 000 dollar pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yil iyul oyida fuqaro A.I. ismli ayol I.O. ismli ayolning ishonchiga kirib, birga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, foydani teng taqsimlashini aytadi. Shundan so‘ng, xarajatlar uchun 13 000 AQSH dollari miqdorida pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

“Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Qo'qon

Baholaganlar

97

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing