Qo‘qonda erkak qornini shisha bilan kesib tashladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida bir erkak ko‘chada qorin qismini shisha bo‘lagi bilan kesib, o‘ziga tan jarohati yetkazgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, kecha, 12 fevral kuni 1987 yila tug‘ilgan fuqaro M.R. akasi tomonidan Narkologiya dispanseriga olib borilgan. U yerda M.R. kuchli psixoz (vasvasa) holatida qabul qilinib, muassasaga yotqizilgan va unga kerakli muolajalar qilingan.

Olib borilgan davo muolajalarga qaramasdan, fuqaro beixtiyor turli harakatlarni sodir etib, bo‘lim oynalarini sindirib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va muassasadan chiqib ketgan.

Ko‘chada ijtimoiy xavfli harakatlarini davom ettirib, “Aviakassa” kirish eshigi oynasini boshi bilan urib, qorin qismiga qo‘lida bo‘lgan shisha bo‘lagi bilan jarohat yetkazgan. Uni opasi va akasi voqea joyidan olib ketgan.

Voqea joyi shahar prokurori U.Xamdamov boshchiligida tezkor- tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

2020 yil iyul oyida viloyat 2-sonli Narkologiya dispanserida turli narkotik va psixotrop moddalar iste’mol qiluvchi (polinarkomaniya) bemor sifatida “D” nazoratga olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazgan fuqaro muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165 va 276-moddalari bilan sudlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon

Baholaganlar

570

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing