Qo‘qonda Damas odam urib yubordi, marhum velosipedda bo‘lgan

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 aprel kuni Qo‘qon shahrining Farobiy ko‘chasida halokatli yo‘l transporti hodisasi ryo‘ berdi. V.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina velosipedchi T.J.ni urib yubordi. Oqibatda T.J. jarohat olib shifoxonaga olib borildi. Biroq ko‘rsatilgan yordamlarga qaramay, u vafot etdi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing