Qo‘qon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari kengaytiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona viloyatidagi qator tumanlar va uchta shahar chegarasini o‘zgartirish rejalashtirilyapti. Kecha, 8 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi ko‘rib chiqilgan.

Qaror loyihasi bilan Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari hisobidan Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari o‘zgartirilmagan holda o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlariga ajratilayotgan yer maydonlarida bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Xususan, Farg‘ona shahri tarkibiga Farg‘ona tumanidan o‘tayotgan yer maydoniga “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, 80 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bog‘cha va oilaviy poliklinika qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qo‘qon shahri tarkibiga Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara tumanlaridan o‘tayotgan yer maydonlarida 150 ta ko‘p qavatli uylar, biznes markazlari, umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilishi hamda Marg‘ilon shahri tarkibiga Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari hisobidan o‘tayotgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalarini, 108 ta ko‘p qavatli turar joy binolar qurilishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Marg'ilon Qo'qon

Baholaganlar

328

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing