Qo‘qon hokimining pora bilan ushlangan birinchi “zam”i 5,5 yilga qamaldi
3-sahifa
−
11 mart 2022 7272 1 daqiqa
Qo‘qon shahar hokimining pora olayotganda qo‘lga tushgan birinchi o‘rinbosari A.Nurmatov 5,5 yilga qamaldi.
180 ming AQSH dollari miqdorida pora olmoqchi bo‘lgan Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Nurmatov va “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘llari uzeli” UK moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O. Mamajonovga sud tomonidan jazo tayinlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, A.Nurmatovga 5 yil 6 oy, O.Mamajonovga 5 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, A.Nurmatov Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O.M. bilan birga ushlangandi. Ikki mansabdor jinoiy til biriktirib, bir tadbirkorga mazkur temir yo‘l uzeli balansida bo‘lgan 2,5 gektar yer maydonidagi bino va inshootlar bo‘yicha o‘tkaziladigan auksion savdolarida uning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 000 dollar talab qilgan.
Ular talab qilingan puldan 10 ming dollarini olayotgan paytda tegishli organlarning tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Live
Barchasi