Quddusda amerikalik diplomat o‘lik holda topildi
Olam
−
05 mart 2024 8095 1 daqiqa
AQSHning Isroildagi elchixonasida ishlagan diplomat Quddusdagi kvartiralardan birida o‘lik holda topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
AQSHning Isroildagi elchixonasi tomonidan berilgan bayonotda amerikalik diplomat Quddusda vafot etgani, ammo bu shaxs AQSHning Isroildagi elchisi emasligi tasdiqlandi.
"Biz AQSHning Quddusdagi elchixonasining amerikalik xodimi o‘lganini tasdiqlashimiz mumkin. U AQSH elchisi emas. Baham ko‘rish uchun boshqa tafsilotlar yo‘q", deydi elchixona matbuot kotibi.
Amerikalik diplomatning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan, biroq diplomatning o‘limida shubhali hech narsa yo‘qligi qayd etilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr