Qudbiyevni ham sudga berish vaqti keldi – professor Mirziyoyevdan Kusherboyev ishida adolat so‘ramoqda
Jamiyat
−
28 aprel 2021
38583Bugun Davlat soliq qo‘mitasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevni sudga bergani kun tartibidagi mavzu bo‘lib turibdi.
Iqtisod fanlari doktori, professor Barnogul Sanoqulova DSQ Kusherboyevni sudga berganiga munosabat bildirib, o‘tgan yil oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirgan soliq qo‘mitasi raisi bilan bog‘liq voqeani eslagan.
“2020 yil oktyabrda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzodbek Qudbiyev xodimlarini ularga manaviy va moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, ularni ishchanglik qobiliyatiga jiddiy salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bisotidagi barcha “isqirt va iflos so‘zlar” bilan xaqorat qilgan edilar! Bu xaqoratlar aniq aytish mumkinki, soliq organlari xodimlarining ishiga bo‘lgan mexrini pasayishiga olib kelgan bo‘lishi aniq, chunki normal, o‘zini xurmat qilgan inson zoti bu so‘zlarga befarq bo‘lishi mumkin emas!”, deydi Barnogul Sanoqulova.
Professor Sanoqulova Prezident Mirziyoyev qonun oldida hamma tengligini bot-bot takrorlashini aytib, Kusherboyev sudga berilgan bo‘lsa, Qudbiyev ham jazosiz qolmasligi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
“Bugun Rasul Kusherboyevni qo‘mita sudga bergani va 4,6 mlrd so‘mlik moddiy zararni undirish uchun murojat qilganini bildik, demak Sherzod Qudbiyevni ham sudga berish vaqti keldi, buni mana o‘zlari boshlab berdilar.
Xurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev doim takidlaydilar qonun hammaga teng ekanligi va bunga shaxsan o‘zlari kafolat berishlarini, demak kafolat bo‘lish onlari keldi, biz Prezidentimizga ishonamiz, xar bir so‘zlari, nutqlariga qatiy va sodiqdirlar”, degan olim DSQ raisi jazosiz qolganini urg‘ulab.
Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Xidraliyevich Kusherboyev ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgani haqida xabar bergan edik. DSQ yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 4,6 mlrd so‘m tovon puli talab qilmoqda.
Kusherboyev QALAMPIR.UZ'ning so‘roviga ko‘ra, o‘ziga qarshi ochilgan da’voga munosabat bildirib, avvalo, 4,6 mlrd so‘mlik zarar qayerdan olinganini isbotlash kerakligini, u tadbirkorlar manfaatini himoya qilib, o‘z fikrini bildirganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oktyabr oyi o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda DSQ raisi Sherzod Qudbiyev tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS summasi o‘z vaqtida qaytarilmagani, uning hisob raqamini yopib qo‘yilganidan g‘azablanib, xodimni haqorat qilgani yozilgan audio tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Qo‘mita raisi audioyozuvdagi gaplar unga tegishli ekanini tan olgan, ammo bu bo‘yicha biror chora ko‘rilgani haqida xabar berilmagan.
LiveBarchasi