“Qrimning anneksiyasini” tan olmaydigan Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muammosiga yechim topmoqchi

Olam

image

Anqara Ukraina va qo‘shni davlatlardagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qatarga tashrifi chog‘ida hamrohlik qilgan jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tomonlarning roziligi bilan Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi vositachilik ko‘rinishida yoki boshqa istalgan formatda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan keskinlikni kamaytirishga hissa qo‘shishga tayyor. 

“Anqara Ukraina atrofidagi vaziyatning yanada keskinlashishiga va mintaqadagi barqarorlikni himoya qilishga qarshi. Biz Kiyev va Moskva o‘rtasida so‘nggi haftalarda yuzaga kelgan keskinlikni pasaytirish maqsadida muloqot kanallarini shakllantirishga munosib hissa qo‘shishga tayyormiz. Turkiya mintaqamizda tinchlikni saqlash uchun kechiktirmay qadam tashlashga tayyor”, deydi Turkiya rahbari. 

Yevropa ommaviy axborot vositalari va AQSH razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiya o‘zining G‘arbiy chegara hududida 175 ming askar to‘plamoqda. Xalqaro hamjamiyat esa buni Ukrainaga tahdid sifatida baholamoqda. Ayni vaqtda kun tartibida turgan ushbu masala kecha, 7 dekabr kuni Putin va Bayden o‘rtasida kechgan muloqotda ham muhokama qilindi. 

Ma’lumot o‘rnida, Erdo‘g‘an bir necha bor yuqori minbarlardan turib Turkiya Qrimni hech qachon Rossiyaning hududi sifatida tan olmasligini aytib keladi. U joriy yilning 10 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Anqara “Qrimning anneksiyasini” tan olmaslik qarorini tasdiqlaganini aytgandi


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing