Qrimdagi harbiy aerodromga hujum bo‘ldi (video) 

Olam

image

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim shimolidagi Jankoy shahrida harbiy aerodrom yondi. Keng ko‘lamli yong‘indan avval bugun, 17 aprelga o‘tar kechasi portlashlar sodir bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

"Ukrainskaya pravda" mahalliy aholiga tayanib, portlashlar havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilinishidan oldin sodir bo‘lganini yozmoqda. 

“Baza” Telegram-kanali esa Ukraina Qurolli kuchlari soat 3:40 da Jankoydagi aerodromga zarba bergani, hujum deyarli bir soat davom etganini xabar qildi. Versiyalardan biriga ko‘ra, hujum ballistik raketalar bilan amalga oshirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hammasi bo‘lib aerodromga 7 yoki 8 ta raketa uchirilgan. Mahalliy aholi portlash ovozi haqida xabar bergan. Taxminlarga ko‘ra, havo mudofaasi ishlagan. O‘qqa tutilgandan so‘ng aerodrom hududida yong‘in boshlangan.

Yong‘inning kutilayotgan sabablari va oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan. Hodisa haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Aholi evakuatsiya qilinmadi.

Jankoyda faol Rossiya aerodromi mavjud. OAV xabariga ko‘ra, unda Janubiy harbiy okrugning 4-harbiy havo kuchlari va havo mudofaasi qo‘mondonligining 27-aralashgan aviatsiya diviziyasining 39-vertolyot polki, uchta aviatsiya eskadroni joylashgan.

O‘z navbatida, RBK-Ukraina Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan so‘ng, Rossiya aerodromni logistika markazi va harbiy bazaga aylantirganini ta’kidlaydi. 

“Xususan, aprel oyida partizanlar Jankoyda fuqarolik infratuzilmasi yaqinida rus harbiy omborini topdilar. Shaharda kuchli havo hujumidan mudofaa tizimi ham o‘rnatilgan”, deb yozadi Ukraina nashri.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Qrim aerodrom Jankoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing