Qrimda o‘zbekistonliklar 15 yilgacha qamalishi mumkin

Olam

image

Qrimda besh nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’magirlikda ayblanib, hibsga olindi. O‘zbekistonliklar o‘z jinoyatlari sxemasini 1990-yillardan olgan. Bu haqda “Novыy den” nashri xabar berdi.

Lenin tuman sudiga 3 ta holat bo‘yicha guruh bo‘lib, kuch ishlatgan holda ta’magirlikda ayblanayotgan besh nafar o‘zbekistonlikning jinoyat ishi tushgan.

Ta’magirlik sxemasi 90-yillarda MDH davlatlari hududida ommalashgan bo‘lib, unda jinoiy guruhning har bir a’zosi ma’lum vazifani bajargan. Ular o‘z “o‘lja”larini aldab, holi joyda kerak bo‘lsa kuch bilan pullarini olib qo‘ygan.

O‘zbekistonliklarga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan yetti yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim ta'magirlik

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing