Qrimda Rossiyaning harbiy vertolyoti quladi
Olam
−
12 may 2023 10422 1 daqiqa
Qrimda Mi-28 harbiy vertolyoti halokatga uchradi, ikki uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, TASS xabar berdi.
Aytilishicha, voqea bugun, 12 may kuni soat 15:42 da (Toshkent vaqti bilan 17:42 da) sodir bo‘lgan. Vertolyot Qrim yarim oroldagi Jankoy shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan Svetloye qishlog‘iga qulagan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, halokatga qurilmadagi nosozlik sabab bo‘lgan. Vertolyot Jankoy viloyatida o‘quv parvozi vaqtida o‘q-dorisiz uchayotgan bo‘lgan. Halokat oqibatida yer yuzida hech qanday vayronagarchilik bo‘lmagan, biroq vertolyotdagi 2 nafar uchuvchi o‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025