Qrimda bir nechta portlash sodir bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim g‘arbidagi Novofedorovka yaqinidagi Saki aerodromida sodir bo‘lgan portlashlar natijasida bir kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi, jumladan, ikki bola yaralandi. Bu haqda anneksiya qilingan yarimorol mahalliy hokimiyati ma’lum qildi.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, aerodrom hududida bir nechta aviatsiya snaryadlari portlagan.

Hodisa oqibatida kelib chiqqan yong‘in o‘chirilgan. Portlashlar sabablari o‘rganilmoqda. Rossiya Federatsiyasi mudofaa idorasi o‘q-dorilar saqlanadigan joyda yong‘in sodir bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Voqea joyiga tez yordam va sanitar aviatsiya mashinalari jo‘natilgan.

Anneksiya qilingan Qrim mahalliy hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, aerodromda 30 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan va pansionatlar hamda mehmonxonalarga joylashtirgan.

Aerodrom perimetri atrofi o‘rab olingan. Qishloq markazidagi ko‘p qavatli uylarda deraza va balkon romlari singan, elektr o‘chirilgan.

Portlashlar kuchi markaziy maydondagi do‘konlarga, hodisa sodir bo‘lgan joydan bir kilometr uzoqroqda joylashgan Madaniyat markazi binosiga zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim

Baholaganlar

654

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing