Qrim ko‘prigi zararsizlantirilishi kerak – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim ko‘prigi Ukraina harbiylarining nishoni ekani va uni zararsizlantirish kerakligini aytdi. Bu haqda u Aspen xavfsizlik forumida so‘z ochdi.

Zelenskiyning aytishicha, Ukrainaning maqsadi 2014 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimni ozod qilish, chunki u Ukraina xalqining ajralmas qismidir.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrim ko‘prigi shunchaki “kichik logistika yo‘li” emas, balki uning yordamida Rossiya qo‘shinlari o‘q-dorilar olib, butun yarimorolni harbiylashtirishi mumkin.

“Biz uchun bu qonundan, xalqaro huquq va amaldagi me’yorlardan tashqarida qurilgan dushman ob’ekti. Shuning uchun bu bizning maqsadimiz. Tinchlik emas, urush olib keladigan har qanday maqsad zararsizlantirilishi kerak”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 17 iyulga o‘tar kechasi Qrim ko‘prigida portlash ro‘y bergandi. Shundan so‘ng Kreml javob choralari tayyorlanayotganini e’lon qildi. 19 iyulda Rossiya Nikolayev, Odessa kabi Ukraina uchun muhim hududlarga havo hujumi uyushtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Qrim ko'prigi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing