Qozondagi otishma: yaradorlar Moskvaga yuboriladi

Olam

image

Rossiyaning Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma paytida yaralangan besh nafar bola va to‘rt nafar katta yoshlilar davolanish uchun Moskvaga yuboriladi. Bu haqda TASS ma’lum qilgan.  

“To‘rt nafar kattalar va besh nafar bolani Moskvaga jo‘natish haqida qaror qabul qilindi”, deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziyada otishma yuz berdi. Natijada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va 21 kishi jarohat oldi. Hujumchi 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev bo‘lib chiqdi, u hibsga olingan. 

Ta’lim muassasasiga qilingan hujum yuzasidan ommaviy qotillik bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Qozon ma’muriyati rahbari Ilsur Metshin shahar gimnaziyasidagi otishmani terakt deb atadi. Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov 12 mayni motam kuni deb e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

otishma Qozon

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing