Qozoq-o‘zbek chegarasida qolib ketgan qozog‘istonliklar vataniga qaytarildi
Olam
−
08 iyul 2022
12080Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar paytida qozoq-o‘zbek chegarasida qolib ketgan Qozog‘iston fuqarolari o‘z vatanlariga qaytdi. Bu haqda Nur-Sultonda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev ma’lum qildi.
“So‘nggi bir necha kun ichida ya’ni 3 iyuldan 5 iyulga qadar nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining barchasini qo‘yib yubordik, to‘g‘rirog‘i ularning barchasi o‘z vatanlariga qaytdi”, deydi Niyozxo‘jayev.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonni tark etgan qozog‘istonliklarning ko‘pchiligi qaytib kelmoqda.
Avvalroq, Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari vaqtincha o‘z ishini to‘xtatgani sababli mazkur chegarada 50 ga yaqin qozog‘istonlik Vataniga qayta olmay, qolib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Daut-ata” – “Tajen” (avtomobil yo‘li) nazorat-o‘tkazish punktida axborot tizimidagi nosozliklar tufayli odamlar, transport vositalari va yuklar o‘tishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.
LiveBarchasi