Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisiga sud hukmi o‘qildi

Olam

image

Nur-Sulton shahrining Boqo‘ng‘ir sudida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining sobiq kotibi Anarbek Karashev va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Yerik Utembayevga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda poytaxt sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Anarbek Karashev elchixona binosini qurish uchun ajratilgan, va QQS to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan. Shuningdek, unga tadbirkorlardan pora olish, pullarni legallashtirish aybi ham qo‘yildi.

Sobiq elchiUtembayev Karashevga yordam berganlikda ayblangan. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Xo‘jalik boshqarmasining sobiq direktori Sakenova (tadbirkorlardan pora olish), boshqarmaning sobiq xodimlari Nurekenov (mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olish), Jumasanova (pora olishga yordam berish), MCHJ rahbari Kutdusov (pora berish) ayblanuvchilar qatoriga qo‘shilgan va sud qilingan.

Barcha sudlanuvchilarga sud tomonidan ayblov hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, Anarbek Karashev va Yerik Utembayevga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi belgilandi. Sudlanuvchilarning barchasi umrbod davlat xizmatida ishlash huquqidan mahrum etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Qozog‘istonning o‘sha vaqtdagi Prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayevni egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Uning o‘rniga Darxan Amangeldiyevich Sotiboldi O‘zbekistonga elchi qilib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Erik Utembaev

Baholaganlar

196

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing