Qozog‘istonning eng yirik viloyati ikkiga bo‘linyapti

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 16 mart kuni mamlakat xalqiga murojaatida uchta yangi viloyat – Abay, Ulitau va Jetisu viloyatlarini tashkil etishni taklif qildi. 

"Semipalatinsk viloyatida Abay viloyatini tashkil etishni taklif qilaman. Semey shahri yangi viloyatning markaziga aylanadi. Viloyat aholisi bu masalani anchadan beri ko‘tarib keladi",  deydi u. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 1997 yilda tugatilib, Qarag‘anda viloyati tarkibiga kirgan sobiq Jezqazg‘on viloyati hududida Ulitau viloyatini tashkil etish zarur. 

"Jezqazg‘on shahri yana viloyat markaziga aylanadi. Bu hududda mustaqil viloyat tashkil etilishi nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy jihatdan ham muhim qaror", deydi Prezident. 

Bundan tashqari, To‘qayev ko‘plab muammolar Olmaota atrofida to‘plangan Olma-Ota aglomeratsiyasi bilan bog‘liqligini aytdi. 

"Mana shu holatlarni inobatga olib, Olmaota viloyatini ikkiga bo‘lishni taklif qilaman. Bu hududda Jetisu va Olmaota viloyatlari tashkil etiladi. Qapshag‘ay Olmaota viloyatining markaziga, Taldiqo‘rg‘on esa Jetisu viloyatining markaziga aylanishi kerak", deya tushuntirdi davlat rahbari.

Hozirda Qozog‘istonda 17 ta viloyat, jumladan, uchta respublika ahamiyatiga ega shaharlar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Olmaota

Baholaganlar

537

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing