Qozog‘istonning davlat qarzi qanchaga yetgani ma’lum qilindi
Olam
−
28 dekabr 2023
14711Qozog‘istonning davlat qarzi 105 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda "Zakon.kz" xabar berdi.
27 dekabr kuni Qozog‘iston Majlisi deputati Yerlan Sairov davlat qarzi hajmi umumiy byudjetning 40 foizini tashkil etishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat ma’lum xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.
“Kvazzidavlat sektori bilan birgalikda davlat qarzi 105 milliard dollarni tashkil etadi. Bu butun byudjetning 40 foizi, degani. Davlat qarzining 40 foizga etishi, mamlakatda moliyaviy muammolar boshlanganidan darak beradi. Ba’zi mamlakatlarda, Argentina va Gretsiyada ham xuddi shunday muammo bor edi va ular o‘zlarining suverenitetini yo‘qotdi.
Hozirda davlat qarzini nazorat qilish borasida bir qancha mexanizmlar nazarda tutilgan, lekin byudjet jarayonida, jumladan, kredit masalalarida nega deputatlarning takliflari to‘g‘ri ko‘rib chiqilmayapti? Bu, birinchi navbatda, mamlakatning milliy xavfsizligiga taalluqlidir”, deydi deputat.
Sairov hukumat davlat qarzi hajmini oshirmaslik choralarini ko‘rayotganini qo‘shimcha qilgan. Shunga qaramay ushbu tashvishli vaziyatdan chiqib ketish uchun aniq chora-tadbirlarga asoslangan hujjat ishlab chiqish kerakligini ham aytib o‘tgan.
LiveBarchasi