Qozog‘istonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
24 noyabr 2022
6337Qozog‘iston hukumati Afg‘oniston rahbariyati bilan ushbu mamlakatning o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda amaliy hamkorlikni davom ettirishga bel bog‘lagan. Bu haqda kecha, 23 noyabr kuni Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev Yerevanda bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)ning Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK) yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Ushbu davlatdagi vaziyatni hal qilish yo‘llarini izlash KXSHTning janubiy chegaralarida xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Qozog‘iston Afg‘oniston rahbariyati bilan mamlakatning o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda amaliy hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilgan. Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatamiz”, deydi To‘qayev.
Prezident tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ham bir qancha takliflar bildirgan.
“Xususan, u KXSHT tinchlikparvar salohiyatini rivojlantirishni yaqin istiqboldagi ustuvor vazifa deb atadi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Qozog‘iston rahbari arman tomoniga KXSHT raisi sifatidagi samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan va Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoga 2023 yilda bo‘lajak raislik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.
LiveBarchasi