Qozog‘istonlik sobiq sportchi elektr toki urishi oqibatida vafot etdi

Sport

image

Qozog‘istonlik sobiq sportchi Adil Tilektes Shimkentdagi zavodda elektr toki urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “NUR.KZ” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Adil Tilektes ish vaqtida tasodifan yuqori kuchlanishli elektr simiga tegib ketgani, so‘ngra balandlikdan yiqilib, og‘ir tan jarohatlari olish oqibatida vafot etgan.

Adil Tilektes sportda bir qator yutuqlarga erishgan. Jumladan, u 2019 yilda yunon-rum kurashi bo‘yicha Qozog‘iston chempionatida 60 kilogramm vazn toifasida g‘olib bo‘lgan. Biroq sportdagi faoliyatini yakunlab, oilasini ta’minlash maqsadida Shimkentdagi keramik plitkalar ishlab chiqarish zavodida ishlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchining eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan. U kurash gilamidan ketguniga qadar atigi ikki yil davomida professional musobaqalarda ishtirok etgan. Uning ortidan ikki nafar farzandi qolgan.

Shimkent politsiya departamenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shahar korxonalaridan birida ishchining vafoti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak ish vaqtida elektr toki urishi oqibatida hayot uchun xavfli tan jarohatini olgan. Hozirda voqeaning barcha holatlarini aniqlash maqsadida zarur tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi politsiya departamenti xabarida. Politsiya ma’lum qilishicha, qonunga muvofiq tergovning qo‘shimcha ma’lumotlar oshkor etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing