Qozog‘istonlik olimlar qadimiy xatni topishdi

Olam

image

Qozog‘istonlik olimlar Orenburg davlat arxividan Abulxayrxondan imperator Yelizavettaga yozilgan noyob xatni topdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Noma’lum xat eski slavyan tilidan tarjima qilinmoqda. Viloyat arxivi xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, qariyb 300 yillik hujjat 200 sahifadan iborat.

Aniq ma’lumki, unda Abulxayrxon shahar qurishni so‘raydi. Bundan tashqari, xivaliklar tomonidan asirga olingan uning o‘g‘li Eralaning ismi tilga olingan.

Endilikda olimlar xonning tashabbusi bilan qaysi shahar paydo bo‘lganini aniqlashlari kerak. Taxminlarga ko‘ra, bu Orsk yoki Berdsk shaharlarini qurish uchun so‘rov bo‘lishi mumkin.

"Hujjatlar 1741-42 yillarga borib taqaladi, chunki ular ushbu ikki shaharning tashkil topgan sanasiga to‘g‘ri keladi", dedi Aqtobe viloyat arxivi tadqiqotchisi Nurlan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Abulxayrxon qadimiy xat

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing