Qozog‘istonlik erkak xatolik sabab 9 kun o‘ldiga chiqdi

Bu qiziq

image

Qozog‘istonning Qostanay viloyatida Vladimir Shremf ismli erkak texnik xato tufayli vafot etgan deb ro‘yxatga olindi va buning ortidan qator muammolarga duch keldi. Bu haqda “31.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shremf onasining vafotiga oid hujjatlarni rasmiylashtirayotgan paytda Tibbiyot xodimining birgina noto‘g‘ri kiritgan ma’lumoti sabab erkakning o‘zi aynan shu ma’lumot bilan tizimga tushib qolgan.

Oqibatda erkak bir necha kun “mavjud bo‘lmagan” shaxsga aylangan. U turli idoralarga borib, tirik ekanini isbotlashga majbur bo‘lgan.

“Hujjatlarim bo‘lmagani uchun ishga qo‘yishmadi. Haydovchilik huquqim bekor bo‘ldi, mashina hayday olmadim, bank hisoblarim ham bloklandi. Hech qayerga ariza topshira olmadim – hamma joyda JSHSHIR talab qilindi, lekin tizimda men yo‘q edim”, degan u.

Nihoyat 9 kundan so‘ng erkak “tiriltirildi”, ya’ni Vladimir Shremfning hayot ekani haqidagi ma’lumotlar to‘g‘rilandi. Endi u tuman shifoxonasidan moddiy va ma’naviy zarar undirishni rejalashtirmoqda.

Tibbiyot muassasasi ma’muriyati aybni tan olib, muammoni tezroq hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rganini ma’lum qilgan.

“Bu xato aniqlanishi bilan darhol uni tuzatishga harakat qildik. To‘g‘ri, o‘lim guvohnomasi darhol berildi. Bunday xatoga yo‘l qo‘ygan xodim intizomiy javobgarlikka tortildi”, degan Ovulko‘l markaziy tuman shifoxonasi bosh shifokori Temurxon Begisboyev.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Vladimir Shremf texnik xato o'ldiga chiqdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing