Qozog‘istonga MOdagi eng qudratli superkompyuter olib kelindi

Olam

image

Qozog‘istonga Markaziy Osiyodagi eng qudratli, ishlash quvvati taxminan 2 ekzaflopsni (kompyuter tezligini o‘lchovchi birlik) tashkil etuvchi superkompyuter olib kelindi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu superkompyuter Markaziy Osiyo mintaqasida tarixda birinchi bo‘lib ishga tushirilgan superkompyuter klasteri hisoblanadi. Klaster maxsus sun’iy intellekt va yuqori samarali hisoblash vazifalari uchun ishlab chiqilgan eng zamonaviy NVIDIA H200 grafik chiplarida yig‘ilgan.

Superkompyuter Tier III darajadagi ishonchlilikka ega vazirlikning yangi ma’lumotlar markazida o‘rnatiladi va ishga tushiriladi. Superkompyuter resurslari hammaga ochiq bo‘ladi. Ulardan neyron tarmoqlarni o‘qitish uchun quvvatga muhtoj startaplar, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boruvchi universitetlar, ilmiy markazlar hamda sun’iy intellektni biznes jarayonlariga olib kirayotgan kompaniyalar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Vazirlik xabarida ushbu superkompyuter yetkazib berilishi Qozog‘istonda yuqori samarali hisoblash ekotizimini rivojlantirishga yo‘l ochgani va Qozog‘iston ilk bor yuqori texnologiyali uskunalarni bojxona bojlari va qo‘shilgan qiymat solig‘isiz olib kirish mexanizmini yo‘lga qo‘yilgani qo‘shimcha qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar va xodimlarning tartib-qoidaga rioya qilishini nazorat qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanila boshlangani xabar qilingandi.

Jaloliddin Rahmonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing