Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
24 aprel
30316Migratsiya agentligi Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan fuqarolarni ogohlikka chaqirdi. Bu haqda agentlikning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda ishlash uchun Qozog‘istonga borgan yoki ushbu davlatda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.
“Yurtdoshlarimizdan bunday firibgarlarga ishonmaslik va pasportni notanish insonlarga bermaslik so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun fuqaro shaxsan Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) murojaat etishi zarur.
Shuningdek, o‘zini “diplomatik vakolatxona xodimiman” deb tanishtirgan shaxslarga duch kelganda quyidagi raqamlarga murojaat qilish so‘raldi:
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari (Ostona shahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota shahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau shahrida: +8 (729) 277-71-17)
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi: 115;
Qozog‘iston politsiyasi: 102.
LiveBarchasi