Qozog‘istonga chet elliklarning kirishi osonlashtirildi

Olam

image

Erataga, 8 iyundan boshlab Qozog‘iston fuqarolari va xorijliklar uchun chegarani kesib o‘tishda emlanganlik sertifikati va PZR testini tasdiqlash talablari bekor qilinadi. Bunday qaror koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan qabul qilindi.

Idoralararo komissiya quyidagilarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi:

  • 2022 yil 8 iyundan boshlab Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari va chet elliklar uchun COVID-19 ga qarshi emlanganlik yoki qayta emlanganlik to‘g‘risidagi hujjatli dalillarni (pasport/sertifikat/ COVID-19 ga qarshi emlanganlik guvohnomasi), ular bo‘lmagan taqdirda esa Qozog‘iston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tishda PZR usuli bo‘yicha COVID-19 test natijasi salbiy bo‘lgan sertifikat talab qilish;
  • Qozog‘iston Respublikasi Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida mamlakatning yetti viloyatida 12 ta vaqtinchalik yopilgan avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatini taqiqlash.

Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston chegara

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing