Qozog‘istonga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun qanday cheklovlar mavjud?

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi Qozog‘istonga uchib keladigan parvozlar uchun joriy qilingan cheklovlarni e’lon qildi.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining joriy yilning 15 avgustidagi 48-sonli qaroriga binoan muntazam xalqaro qatnovlar uchun bir qator cheklov choralari o‘z kuchida qolmoqda.

Xususan, birinchi toifaga kiritilgan Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gruziya, Tailand, Vengriya, Hindiston, Germaniya, Chexiya, Malayziya, BAA, Belarus, Turkiya, Misr, Ukraina, Niderlandiya va Rossiyadan kelganlar termometriya va so‘rovnomalardan o‘tadilar.

Ikkinchi toifadagi Polsha, O‘zbekiston, Tojikistondan kelganlar termometriya va savolnomadan o‘tishadi. Shuningdek, ushbu mamlakatlar fuqarolari so‘nggi 5 kun ichida topshirgan PZR testi natijalari manfiy bo‘lgan taqdirdagina Qozog‘istonga cheklovsiz kira olishadi. Sertifikat bo‘lmagan taqdirda, kelgan kundan boshlab 48 soat ichida laboratoriya sinovlari topshirishadi yoki 14 kun davomida karantinda bo‘lishadi.

Ayni paytda birinchi va ikkinchi toifadagi mamlakatlardan tashqari barcha mamlakatlar bilan muntazam parvozlar taqiqlangan.

Avvalroq, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangani haqida xabar bergan edik. Uzoq tanaffusdan so‘ng, Olma-otadan uchgan ilk samolyot Toshkentga qo‘ndi. O‘zbekiston yana BAA, Turkiya, Germaniya, Qirg‘iziston bilan ham parvozlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing