Qozog‘istondan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
23 may 2020
1207323 may soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 taga ortib, 3115 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasidan va 1 nafar Qozog‘istondan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi.Jumladan, karantinda bo‘lganlarning 22 nafari chet eldan kelgan, 3 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2532 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 544 nafar bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi