Qozog‘istondan neft mahsulotlarini olib chiqish taqiqlandi

Olam

image

Qozog‘istonda benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa turdagi neft mahsulotlarini avtomobil transportida mamlakatdan olib chiqish olti oyga taqiqlandi. Shunday taqiq may oyida yakuniga yetgandi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri va boshqa idoralarning eksport bo‘yicha qo‘shma buyrug‘ida so‘z boradi.

Qozog‘iston Respublikasi hududidan avtomobil yo‘llari orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini olib chiqishni olti oy muddatga taqiqlansin, moylar bundan mustasno. , avtomobil transport vositalari ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan gaz baklarida, shuningdek hajmi 20 litrdan oshmaydigan alohida idishlarda eksport qilish bundan mustasno”, deyiladi buyruqda.

Taqiq bugun, 12 iyuldan kuchga kiradi.

Qayd etish kerakki, 2021 yil noyabr oyida joriy etilgan neft mahsulotlarini (dizel yoqilg‘isi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini) avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq 2022 yil 21 mayda o‘z nihoyasiga yetdi. Qozog‘iston Energetika vazirligi rahbari Bolat Akchulakov moratoriy yana olti oyga uzaytirilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston benzin

Baholaganlar

451

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing