Qozog‘istondagi YTHda yaqinlaridan ayrilgan o‘zbekistonlik o‘smirning ahvoli og‘ir
Olam
−
22 yanvar 2024
6804Avvalroq, Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik bir oilaning 3 a’zosi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik. Yuk mashinasi bilan to‘qnashgan yengil mashinada bo‘lgan to‘rt kishidan faqat biri – 15 yoshli o‘smir omon qolgani aytilgandi.
"Zakon" nashrining xabar berishicha, Uralsk-Atirau trassasidagi halokatli YTHda jabrlangan 15 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ahvoli og‘ir.
O‘smir avariyadan keyin zudlik bilan Oqjayiq tuman shifoxonasiga yetkazilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Operatsiyadan so‘ng shifokorlar bemorning ahvoli og‘irligini aytgan. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi yigitga zaruriy muolajalar ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi