Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
19 iyun 2019
3430Qozog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Kecha, 18 iyun kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da “Uralsk-Aqtobe” trassasida YTH sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida 1988 yil 28 avgust kuni tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M. R. vafot etgan.
Bosh konsulxona tomonidan Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining navbatchi xizmatlari va G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatidagi bo‘limlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan hamda marhum o‘zbekistonlikning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023