Qozog‘istondagi YTHda 6 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi “Beyneu-Tojen” trassasida halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, oqibatda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qozog‘iston telegraf agentligi xabar berdi.

"Jac yo‘l chetida to‘xtab, chegaradan o‘tish uchun navbatda turgan MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Mashinada jami 10 kishi bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari Beyneu markaziy tuman shifoxonasiga yotqizildi”, deyiladi xabarda.

Mang‘istau viloyati IIB va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga ketayotgan mashinada o‘n kishi bo‘lgan. To‘rt qurbonning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

Qayd etilishicha, YTH ishtirokchilarining barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, transport vositalari bir davlatda ro‘yxatga olingan. Voqea haqida O‘zbekistonning Aqtaudagi Bosh konsulligiga xabar berilgan.

Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan, fojianing barcha holatlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made