Qozog‘istondagi o‘rmonga o‘t ketdi (video)
Olam
−
04 may 1409 1 daqiqa
Kecha, 3 may kuni Sharqiy Qozog‘istondagi Ulan tumanida o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Bu haqda “Zakon” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in Primor o‘rmon xo‘jaligi hududida Buxtarma suv omboridagi Ayuda darasi atrofida sodir bo‘lgan. Uni bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviatsiyasi jalb etilgan.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish jarayoni tog‘li hudud va kuchli shamol tufayli murakkablashgan. Tabiiy ofatni bartaraf etish uchun voqea joyiga qutqaruv vertolyoti yuborilgan va u 7 marta jami 21 tonna suv sepgan.
Hozirda ochiq yong‘in o‘choqlari qayd etilmagan. Hodisa joyida o‘rmon xo‘jaligi xodimlari va Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq har yili qariyb 10,9 million gektar o‘rmon yo‘qolayotgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi