Qozog‘istondagi sinagogalar va Isroil diplomatik ob’ektlarida xavfsizlik kuchaytirildi
Olam
−
02 Oktabr
4845Qozog‘istonda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli Isroil bilan bog‘liq diplomatik va diniy ob’ektlar atrofida xavfsizlik kuchaytirildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, patrul yo‘nalishlari o‘zgartirilib, Isroil bilan bog‘liq diplomatik va diniy ob’ektlar yaqiniga ko‘chirilgan.
“Barcha diniy muassasalar ilgari ham Ichki ishlar bo‘limi nazoratida bo‘lgan. Elchixonalar esa politsiya tomonidan doimiy ravishda qo‘riqlanadi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun atrofdagi hududlar ham videokuzatuv orqali nazorat qilinadi”, deya izoh bergan Qozog‘iston IIV.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroilga raketalar bilan zarba bergandi. Isroil armiyasi radiosi Erondan Isroilga 200 ga yaqin raketa uchirilganini aytdi. Keyinroq Isroil harbiylari aholi o‘z boshpanalarini erkin tark etishlarini bildirdi. Isroil Eronga "og‘riqli javob" berishga va’da berdi. Isroil nashrlari armiya bugun, 2 oktyabr kuni tunda butun Yaqin Sharq bo‘ylab kuchli zarba berishi kutilayotganini yozdi.
LiveBarchasi