Qozog‘istondagi mudhish YTHda uch o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi
Olam
−
09 Sentabr 2019
3019Qozog‘istonning Turkiston viloyati yuz bergan yo‘l-Transport hodisasida natijasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasiga tayanib xabar berdi.
YTH kecha, 8 sentyabr kuni Turkiston viloyati hududidan o‘tuvchi Chimkent-Samara avtotrassasida yuz bergan. Hodisada 4 kishi jabrlandi. 2 nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida. Z.S. esa shifoxonada vafot etdi.
Davlat raqami 40 R 988 QA bo‘lgan Nexia avtomashinasi haydovchisi M. U. O‘rdaboshi tumani tez yordam shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.
YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.