Qozog‘istondagi konda fojia yuz berdi
Olam
−
07 noyabr 2021
9924Kecha, 6 noyabr kuni Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyati, Abay shahridagi kon shaxtasining tubida metan gaz chiqishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, "Abay" konidagi K10 ventilyatsiya bo‘shlig‘idadagi konchilarga metan chiqayotgani haqida soat 9:30 da xabar kelgan.
Shaxtada bu vaqtda 64 kishi bo‘lgan. Ularning 56 nafari o‘zi u yerdan chiqishni uddalagan. Qolgan sakkiz konchi metan sizib chiqqan 3-K10 chuqurligida bo‘lgan. Ularning olti nafari vafot etgan va ikki nafari jarohatlangan.
Hozir jasadlarni yuqoriga olib chiqish ishlari olib borilyapti. Hodisa tafsilotlari va sabablari o‘rganilmoqda, konda ishlar to‘xtatilgan.
Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin topshirig‘iga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin boshchiligidagi komissiya voqea joyiga jo‘nab ketgan.
LiveBarchasi